Sochlarning to‘kilishi ko‘pincha umidsizlik hissini va ko‘plab savollarni keltirib chiqaradi. Soch to‘kilishi haqida gap ketganda, ko‘pincha sochi to‘kilayotgan erkaklar xayolga keladi. Shunga qaramay, ayollarning 45 foizi hayotining u yoki bu davrida ushbu muammoga duch keladi.¹
Agar sizda ham sochlaringiz juda ko‘p to‘kila boshlagan bo‘lsa, umidsizlikka tushmang, najot bor! Birinchi qadam — soch to‘kilishining sababini tushunish va keyin bu bilan nima qilish mumkinligi haqida o‘ylash.
Keling, sochlaringizning hayot siklini batafsil ko‘rib chiqamiz, shunda ularning to‘kilishi sababini yaxshiroq tushunasiz.
SOCHLARNING HAYOT SIKLI
Sochning hayot siklini to‘rtta asosiy bosqichga bo‘lish mumkin:
Anagen fazasi (o‘sish): Bu soch o‘sishining faol fazasi bo’lib, bunda soch hujayralari tez bo‘linadi va uning o‘zagi o‘sadi. Bu bosqich 2-yildan 7-yilgacha davom etishi mumkin. Har qanday vaqtda sochlaringizning taxminan 90% anagen fazasida bo‘ladi.²
Katagen fazasi (o‘tish davri): Taxminan 2 hafta davom etadigan bu qisqa davrda sochlarning o‘sishi to‘xtaydi va soch follikulalari qisqaradi. Soch qon bilan ta’minlanishdan uzilib, follikuladan tashqariga chiqariladi.
Telogen (tinch holat) fazasi: Bu bosqichda sochlar o‘smaydi, lekin odatda to’kilmaydi. Soch follikulasi faol bo‘lmasa ham, eski soch follikulada qolib, uning ostida esa yangi sochlar o‘sishni boshlaydi. Bu faza odatda 3 oygacha davom etadi.
Ekzogen fazasi (to’kilish): Yakuniy faza — eski sochlar to‘kilib, yangisi paydo bo‘lishiga imkon beradi. Odamlar ushbu tabiiy sikl doirasida kuniga o‘rtacha 50 dan 100 tagacha sochlarini yo‘qotadilar.
AYOLLAR VA ERKAKLARDA SOCH TO‘KILISHI SABABLARI
Agar siz dush tagida yoki tarog‘ingizda bir nechta tuklarni aniqlasangiz, bu vahima uchun sabab emas. O‘rtacha soch to‘kilishi (kuniga 50-100 ta soch) normal holat hisoblanadi, chunki soch to‘kilish fazasiga kiradi.
Biroq, sochlarning tez yoki haddan tashqari to‘kilishi kuchli stress, gormonal o‘zgarishlar yoki dori-darmonlar bilan davolash tufayli sodir bo‘lishi mumkin.³
3 TA SOCH TO‘KILISHINING EHTIMOLIY SABABLARI
1. STRESS
Sevgan odamini yo‘qotish yoki moliyaviy qiyinchiliklar kabi stressli vaziyatlar sochlarning kuchli to‘kilishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Agar stressni boshdan kechirayotgan bo‘lsangiz, kundalik hayotingizga yoga, meditatsiya yoki do‘stlar va oila bilan birga vaqt o‘tkazish kabi bo‘shashtiruvchi mashqlarni kiritishga harakat qiling.
2. OZIQ MODDALARNING YETISHMOVCHILIGI
Ratsioningiz sochlaringiz salomatligida katta rol o‘ynaydi va ularning to‘kilishi ba’zan ma’lum ozuqa moddalarini yetarli miqdorda qabul qilmasligingizning belgisi bo‘lishi mumkin. Mutaxassis bilan albatta maslahatlashing, aynan sizda qanday ozuqa moddalari yetishmasligini aniqlash uchun tahlil topshiring.
TEMIRNING SOCH TO’KILISHIDA AHAMIYATI
Temir tanqisligi soch to‘kilishining hammaga ma’lum sababidir, garchi tadqiqotchilar hali ham bu jarayonning aniq mexanikasini bilmasalar ham.⁴
Reproduktiv yoshdagi ayollarda ko‘pincha qondagi temir miqdori pasaygan bo‘ladi, bu hayz davrida uning yo‘qotilishi bilan bog‘liq.
Sochlarning salomatligidan tashqari, temir organizmning ko‘plab funksiyalarini qo‘llab-quvvatlash, shu jumladan energiya almashinuvini ta’minlash uchun zarur. Temir kislorodni butun organizm bo‘ylab tashishga yordam beradigan yangi qizil qon tanachalarini shakllantirish uchun kerak.
Temir qo‘shimchasini qabul qilish — bu mineralning tavsiya etilgan kunlik me’yorini olish usullaridan biri.
SOLGAR Gentle Iron oson mavjud temir
Solgar «Gentle Iron» temir darajasining oshishiga ta’sir etib, yangi qizil qon tanachalarining shakllanishiga yordam beradi. Mahsulotning organik shakli qabziyatni chaqirmaydi va oshqozonni bezovta qilmaydi.
SINKNING SOCH TO’KILISHIDA AHAMIYATI
Sink — organizmdagi yuzlab fermentlar uchun zarur bo‘lgan eng muhim mineral. Sinkning yetishmasligi sochlarning to‘kilishiga sabab bo‘lishi mumkin, ammo buni ratsioningizga yetarli miqdorda sink qo‘shish orqali osongina tuzatish mumkin.⁴
Pikolin kislota asosidagi oson hazm bo’ladigan «Sink pikolinati». Kuniga bir tabletkada 22 mg sink mavjud.
3. GORMONAL O‘ZGARISHLAR
Gormonlar sochingizning o‘sish sikliga ta’sir qiladi, shuning uchun menopauza yoki tug‘ish kabi gormonal o‘zgarishlar ham soch to‘kilishini kuchaytirishi mumkin.
MENOPAUZA VA SOCH TO’KILISHI
Soch to‘kilishi menopauza va perimenopauzaning keng tarqalgan alomatidir. Menopauza davrida organizmda sezilarli gormonal o‘zgarishlar sodir bo‘ladi, xususan, estrogen darajasi pasayadi. Ushbu gormonal siljish turli xil alomatlarga, shu jumladan sochlarning to‘kilishi yoki yupqalashishiga olib kelishi mumkin.⁵
TUG‘RUQDAN KEYINGI SOCH TO’KILISHI
Tug‘ruqdan keyingi soch to‘kilishi keng tarqalgan hodisa bo‘lib, ko‘plab yosh onalar homiladorlikdan keyin vaqtinchalik soch to‘kilishini boshdan kechiradilar. Tug‘ruqdan keyingi soch to‘kilishi gormonal o‘zgarishlar tufayli yuzaga keladi. Tug‘ruqdan keyin estrogen darajasi keskin pasayadi, bu esa sochlarning tezroq to‘kilishiga olib kelishi mumkin.
Soch to‘kilishi odatda tug‘ruqdan keyin taxminan to‘rt oy o‘tgach maksimal darajaga yetadi va ko‘pchilik ayollarda sochlarning normal o‘sishi bola hayotining birinchi yilida tiklanadi.⁶
BFQ. SOG‘LOM SOCHLAR UCHUN
SOLGAR® Teri, tirnoqlar, sochlar
«Teri, tirnoqlar, sochlar» kompleksi ichkaridan tabiiy go‘zallikni saqlash uchun maxsus ishlab chiqilgan va quyidagilarga yordam beradi:
- Sochlarga yorqinlik berish;
- Yoshlikni va terining yorqinligini qo‘llab-quvvatlash;
- Tirnoqlarning salomatligi;
- Kollagen ishlab chiqarish.
XULOSA
Soch to‘kilishi kabi kayfiyat tushiradigan holatlar erkaklarda ham, ayollarda ham ko‘p uchraydi. Soch to‘kilishining mumkin bo‘lgan sabablariga stress, ozuqa moddalarining yetishmasligi va gormonal o‘zgarishlar kiradi. Biroq, qo‘shimcha ozuqa moddalarini qabul qilish qalin va quyuq sochlarning o‘sishiga, shuningdek, ularning to‘kilishini kamaytirishga yordam berishi mumkin.
Manbalar:
- Dinh QQ, Sinclair R. Female pattern hair loss: current treatment concepts. Clin Interv Aging. – 2007. – 2(2): 189-199. – URL: https://www.ncbi.nlm.nih.gov/pmc/articles/PMC2684510/;
- Burg D, Yamamoto M, Namekata M, Haklani J, Koike K, Halasz M. Promotion of anagen, increased hair density and reduction of hair fall in a clinical setting following identification of FGF5-inhibiting compounds via a novel 2-stage process. – Clin Cosmet Investig Dermatol. –2017. – 10: 71-85. – URL: https://www.ncbi.nlm.nih.gov/pmc/articles/PMC5338843/;
- Elizabeth C. Hughes, Hasnain A. Syed, Dahlia Saleh Telogen Effluvium. – StatPearls Publishing LLC – 2024. – URL: https://www.ncbi.nlm.nih.gov/books/NBK430848/;
- Guo EL, Katta R. Diet and hair loss: effects of nutrient deficiency and supplement use. – Dermatol Pract Concept. – 2017. – 7(1):1-10. – URL: https://www.ncbi.nlm.nih.gov/pmc/articles/PMC5315033/;
- Rinaldi F, Trink A, Mondadori G, Giuliani G, Pinto D. The Menopausal Transition: Is the Hair Follicle «Going through Menopause»? – Biomedicines. – 2023. – №14. – 11(11):3041 – URL: https://www.ncbi.nlm.nih.gov/pmc/articles/PMC10669803/;
- American Academy of Dermatology, “Hair care products can deliver the goods for thinning and textured hair.” – News release issued. – 2010. – URL: https://www.aad.org/public/diseases/hair-loss/insider/new-moms.