OLTIN STANDART DUNYO ISHLAB CHIQARISHI SOLGAR FALSAFASI TARIXIMIZ Kontakt ma’lumotlari

OLTIN STANDART

 

Ishlab chiqarishdagi mayda narsalar va tafsilotlargacha e’tibor SOLGAR kompaniyasiga o‘zining sifat standarti – SOLGAR Oltin standartini™ yaratishga imkon berdi.

SOLGAR kompaniyasi uchun sifat – bu tasodifiy tushuncha emas, bu hayot tarzi, fikr mazmunidir. Sifat har bir jarayon asosida, har bir mahsulot asosida yotadi.

O‘zining ilmiy-tadqiqot markazi, ishlab chiqarish maydoni va distributsiyasi tufayli SOLGAR ishlab chiqarishning barcha bosqichlarida mahsulotlar sifatini kafolatlaydi. Mahsulotlarning sofligini saqlab qolish uchun SOLGAR ularni kichkina partiyalarda chiqaradi va ko‘chilik hollarda davlat boshqaruv organlari tomonidan qo‘yiladigan talablardan oshib ketuvchi o‘zining qat’iy standartlariga ko‘ra ishlab chiqaradi.

Sifatli xom-ashyo
SOLGAR o‘zining ko‘p yillik tajribasiga asoslangan holda butun dunyo bo‘ylab eng yaxshi tabiiy xom-ashyo yetkazib beruvchilarni tanlaydi. SOLGAR yetkazib berilayotgan xom-ashyoning haqiqiyligi va sifatliligiga ishonch hosil qilish uchun yetkazib beruvchilardan tahlillar sertifikatlarini taqdim etishni talab qiladi.

Ilmiy-tadqiqot markazi
SOLGAR olimlar jamoasi yangi moddalarni qidirib topish, ilmiy maqolalar va dolzarb tadqiqotlarni sharhlash bilan faol tarzda shug‘ullanib keladilar. SOLGAR ilmiy tadqiqotlarning ajralmas qismi bo‘lib hisoblanadi.

Sifat nazorati
Kompaniyaning o‘zining sifat laboratoriyasi ishlab chiqarishning boshlang‘ich, o‘rta bosqichlarida va tayyor mahsulotni olish bosqichida 130 dan ortiq sifat testlarini amalga oshirgan holda majmuaviy tadqiqotlarni o‘tkazadi. SOLGAR laboratoriyasi – mahsulotlarga SOLGAR oltin etiketkasini «taqish» huquqini beruvchi so‘nggi instantsiya.

Eng yangi suvni tozalash tizimi
SOLGAR kompaniyasi teskari osmos tamoyili bo‘yicha ishlovchi eng yangi suvni tozalash tizimini qo‘llaydi, bu esa suv tozaligining eng yuqori darajasiga erishishga imkon beradi.

Zamonaviy ventilyatsiya tizimi
Ishlab chiqarish binolarida aylanuvchi butun havo havda mavjud bo‘lgan 99,9% zarrachalarni ushlab qoluvchi ko‘p sonli HEPA filtrlari orqali o‘tadi.

Tozalik
Har bir pariya ishlab chiqarilganidan keyin jihozlar to‘liq detallarga ajratiladi va atrof-muhitga zarar yetkazmaydigan tabiiy yuvish vositalari bilan dezinfeksiya qilinadi.

KOSHER sertifikati
SOLGAR kompaniyasi – ayrim mahsulotlari «KOSHER» sertifikatini olgan birinchi kompaniya.

Halol sertifikati
SOLGAR kompaniyasi ayrim mahsulotlari uchun «HALOL» sertifikatiga ega.

Vegetariancha kapsulalar
SOLGAR kompaniyasi – vegetariancha kapsulalarni qo‘llashni boshlagan dastlabki kompaniyalardan biri.

Ehtimoliy allergenlarning yo‘qligi
Oltin standartga™ ko‘ra SOLGAR kompaniyasi shakar, tuz, glyuten, sutli komponentlarni qo‘shmaydi. SOLGAR mahsulotlari tarkibida sun’iy bo‘yoqlar va aromatizatorlar, GMO va boshqa ehtimoliy allergenlar mavjud emas.

Premial qadoq
SOLGAR mahsulotlari ularni harorat, yorug‘lik va namlik o‘zgarishlaridan eng yaxshi tarzda himoya qiluvchi qora rangli shisha flakonlarga qadoqlanadi. Shisha flakonlarni ikkilamchi qayta ishlash mumkin.