Butun kun davomida faol va baquvvat bo’lish uchun qanday qilish kerak?

4 daqiqalik o'qish

Energiya va chidamlilik – nafaqat organizmning hayotiylik zaxirasini aks ettiradigan mavhum tushunchalar, balki mahsuldorlik va farovonlikning asosiy omillaridir. Kundalik vazifalarni samarali bajarish, ishda muvaffaqiyatga erishish, sport bilan shug’ullanish va hayotdan zavqlanish uchun yetarli energiya darajasini saqlab turish muhimdir. Aks holds esa hatto o’rtacha jismoniy va aqliy faollik tez charchashga, kayfiyatning pasayishiga va stressga olib keladi. Chidamlilik, o’z navbatida, yuklanishlarni yengishimizga, tezroq tiklanishimizga, samaradorlikni va har doim ajoyib formada bo’lisga motivatsiyani saqlashimizga yordam beradi.

 

Chidamlilikni oshirish va energiyani saqlash uchun qanday qilish kerak?

 

1. Jismoniy faollik. Mashq qilish chidamlilikni rivojlantirishga yordam beradi va eng muhim narsa mashqlarning intensivligi emas, balki muntazamligi. Yurish, yugurish, suzish va velosipedda yurish bilan boshlab, so’ngra intensivlik va sur’atni asta-sekin oshirib, sport zaliga yoki fitness markaziga tashrif buyurishni qo’shish tavsiya etiladi.

 

2.Muvozanatlashgan ovqatlanish. Oqsillar, yog’lar va uglevodlar muvozanatini saqlash, dietaning xilma-xil va to’liq bo’lishini ta’minlash muhimdir. Mevalar, sabzavotlar, to’liq donalar va oqsil manbalarini, shuningdek o’simlik moylari va nutrientlarni ko’proq qo’shing.

 

Organizm uchun almashtirib bo’lmaydigan energiya manbai alfa-lipoik kislotadir.

 

Alfa-lipoik yoki tioktik kislota juda kuchli antioksidantdir. U energiya ishlab chiqarishga yordam beradi va uglevodlar va yog’lar almashinuvini normallashtiradi. Alfa-lipoik kislotaning o’ziga xosligi shundaki, u suvda ham, yog’larda ham eriydi, buning natijasida u hujayraning turli qismlariga va hatto hujayralar orasidagi bo’shliqqa ham kira oladi.

 

SOLGAR’ning «Alfa-lipoik kislota 60 mg» qo’shimcha energiya manbai sifatida foydalanish mumkin, shu jumladan intensiv mashg’ulotlar davrida da. Shuningdek SOLGAR’ning «Alfa-lipoik kislota»si antioksidantlik qo’llab-quvvatlashni ta’minlaydi, erkin radikallar ta’sirini oldini oladi va organizmning qarishining eng muhim omillaridan biri – glikatsiya jarayoni bilan kurashadi.

 

Organizmni kundalik qo’llab-quvvatlash uchun eng muhim nutrientlargan biri omega-3 Poli To’yinmagan Yog’li kislotalar (PTYK) bo’ladi. Ular essentsial yog’lar guruhiga kiradi, chunki hujayra membranalari uchun qurilish bloklari bo’lib, metabolizm va organizmning turli funktsiyalarini tartibga solishda ishtirok etadilar. Organizm ularni mustaqil ravishda sintez qila olmaydi, shuning uchun ular oziq-ovqatdan kelib chiqishi kerak.

 

Omega-3 PTYK butun organizmni oziqlantirish, bosh miyasi va bo’g’imlarning ishlashini qo’llab-quvvatlash, ko’rish va yurak-qon tomir tizimini himoya qilish uchun foydalidir (chunki ular qon tomirlarining elastikligini saqlashga va xolesterin darajasini normallashtirishga yordam beradi) va lipidlar almashinuvini qo’llab-quvvatlash uchun.

 

SOLGAR’ning «Uchlik Omega-3 950 mg EPK va DGK» — yovvoyi sovuq suv baliqlarining (hamsi, skumbriya, sardina, seld balig’i) yumshoq to’qimalaridan omega-3 yog’ kislotalarining qo’shimcha manbaidir. Solgar omega-3 liniyasini ishlab chiqarishda yumshoq ishlab chiqarish usuli – sovuq presslashni qo’llaydi, bu yog’ kislotalarining barcha foydali xususiyatlarini saqlab qolish imkonini beradi. Molekulyar distillash yordamida noyob tozalash texnologiyasi tufayli esa «Uchlik Omega-3 950 mg» tarkibida aralashmalar va og’ir metallar tuzlari mavjud emas.

 

3. Yetarli miqdorda suv iste’mol qilish. Organizmda suv muvozanatini saqlash muhimdir chunki suvsizlanish charchoqqa ham olib kelishi mumkin. Sog’lom odam uchun optimal suv miqdori ularning vazni, faollik darajasi va boshqa omillarga bog’liq, ammo o’rtacha kuniga 1,5 dan 3 litrgacha suyuqlik ichish tavsiya etiladi.

 

4. Dam olish va tiklanish. Quvvat va chidamlilikni qo’llab-quvvatlash uchun jismoniy faollik va sog’lom ovqatlanishni muntazam dam olish va tiklanish bilan uyg’unlashtirish muhimdir. Dam olish yetarli uyqu, kun davomida tanaffuslar va o’zingiz yoqtirgan ishlar bilan shug’ullanishni o’z ichiga oladi.

 

Fermentlarning tarkibiy komponenti bo’lib, vitaminlar va minerallarning so’rilishiga yordam beradigan oqsil mushaklar va organizmning boshqa to’qimalarini qo’llab-quvvatlash va tiklash uchun juda muhimdir. Oqsilning ozuqaviy qiymati uning aminokislotalar tarkibiga va organizm tomonidan so’rilish qobiliyatiga bog’liq.

 

SOLGAR’ning «Vey tu gou oqsil zardobi» — bu qulay bardoshlik va past kaloriyali, yuqori sifatli oqsil manbai. Zardob oqsili almashtirib bo’lmaydigan aminokislotalarning manbai bo’lib, energiya yo’qotilishini to’ldirishga, kasalliklardan tiklanishni tezlashtirishga, ochlik hissini bostirishga va ratsionni boyitishga yordam beradi.

«Vey tu gou oqsil zardobi» oqsil kokteyllari va sevimli pishirilgan mahsulotlarning ozuqaviy qiymati va foydasini oshirish uchun ularni tayyorlash uchun foydalanishi mumkin.

 

5. Stressni boshqarish. Energiya va chidamlilik nafaqat jismoniy salomatlikka, balki psixologik salomatlika da, o jumladan stressni qanchalik tez-tez boshdan kechirishimiz, unga qanday javob berishimiz va uning oqibatlarini qanday yengishimizga bog’liq. Stressni yengishga jismoniy mashqlar, toza havoda sayr qilish, dam olish va meditatsiya, mutaxassislar bilan maslahatlashish va maxsus ozuqaviy qo’shimchalarni qabul qilish yordam beradi.

 

Energiya va chidamlilik faol va to’yingan hayotning asosidir. Muvozanatli ovqatlanish, muntazam jismoniy mashqlar va sifatli nutrientlar sizga bardamlikni saqlashga va sog’lom bo’lishga yordam beradi. O’zingizga g’amxo’rlik qilishni kechiktirmang – Solgar’dan tasdiqlangan yechimlarni tanlang va hayotning har bir daqiqasidan zavqlaning!