Atrofdagi dunyoga muvaffaqiyatli moslashishi uchun bolaga erta yoshdan boshlab stress va emotsional tajribalarini yengishga qanday qilib yordam berish kerak? SOLGAR mutaxassislarining maqolasidan ushbu muhim mavzu haqida ko’proq bilib oling!
Asab tizimi haqida. Bolaning boshida nima sodir bo’ladi?
Erta bolalik davrida bosh miyasi tez rivojlanadi, ko’pincha o’sish hayotning birinchi yillarida sodir bo’ladi. Bolaning yoshi uchga kelib, miyasining kattaligi kattalarnikining 80 foizini tashkil qiladi. Olti yoshga kelib, miya qismlarining shakllanishi va o’sishi tugallanadi.
Bolalarning miyasi juda plastik, ya’ni ular olgan tajribalarga javob sifatida ular yashayotgan muhitga moslashadi.
Hamohang rivojlanish uchun bolaga yangi neyron aloqalarni shakllantirish va mustahkamlashga miyani rag’batlantiradigan qulay boyitilgan muhit kerak. U nimani o’z ichiga oladi? Bolalar va ota-onalar o’rtasidagi aloqa, odamlar bilan muloqot qilishning ijobiy tajribasi, o’yinlar va ularning atrofidagi dunyo bilan tanishish imkoniyati.
Bunlardan boshqa bolaning miyasi rivojlanishining dinamikasi va xarakteriga nimalar ta’sir qilishi mumkin?
1. Bolaning miyasi o’rganish va rivojlanishning ayrim turlariga ayniqsa sezgir bo’ladigan senzitiv davrlar. Ushbu davrlardan tashqari bolani kuch bilan mahoratga o’rgatish urinishlari ko’pincha befoyda bo’lib, katta stressni keltirib chiqaradi va nevroz havfini yaratadi.
2. Uyqu bolaning miya rivojlanishining muhim qismidir. Shuning uchun bolalar, ayniqsa chaqaloqlar, kattalarnikidan o’rtacha ikki baravar ko’p uxlaydilar.
3. Uyquning davomiyligining muhimligi bolalar uchun uyquning muntazamligining muhimligidan kam emas. Uyquning turli bosqichlari bor, ular davomida o’z jarayonlari sodir bo’ladi.
Bolaning asab tizimiga salbiy ta’sir qiladigan omillar
Bolaning mustahkamlanmagan asab tizimiga salbiy ta’sir ko’rsatadigan ko’plab omillar mavjud, o jumladan:
- haddan tashqari charchoq, yuqori aqliy yuklanish, kun davomida va dam olish kunlarida yetarli darajada dam olmaslik bilan birga;
- bolada uyqu yetishmasligi;
- oilada nizolar;
- gadjetlarga qaramlik, raqamli gigiena yo’qligi;
- boshqa joyga ko’chish yoki atrof-muhitdagi o’zgarishlar;
- bolaning tashqi dunyodan qo’rqishi;
- bola boshdan kechiradigan tashqi bosim: ota-onalar va o’qituvchilarning yuqori umidlari, baholarga sezgirlik, sinfdoshlar tomonidan bulling;
- nutrientlarning yetishmasligi (masalan, temir, yod, magniy yoki omega-3 yog’li kislotalar, va hokazo).
Bola paydo bo’lgan stressli vaziyatlarni samarali bartaraf etishi uchun unga qulay shart-sharoitlarni yaratish muhimdir.
Xavotirli bolani qanday aniqlash mumkin?
Keling, bolada tashvishlanishning eng keng tarqalgan ko’rinishlarini ko’rib chiqaylik.
Jismoniy belgilar
- qorin og’rig’i yoki bosh og’rig’idan shikoyatlar;
- butun kun davomida charchoq, uyquchanlik, sustlik;
- terlash, titroq yoki tez yurak urishi (o’tkir tashvish yoki vahima hujumining belgilari).
Xulq-atvorga oid belgilar
- Bolani tashvishga soladigan muayyan harakatlar, joylar yoki odamlardan qochish;
- Ota-ona yoki tarbiyachi bilan doimiy aloqada bo’lishga ehtiyoj – ularni ko’rishga, qo’llarini ushlab turishga;
- kattallarning roziligini doimiy izlash.
Emotsional belgilar
- Trigger vaziyatga mutanosib bo’lmagan ko’rinadigan asabiylashishlar, isterikalar;
- bola boshdan kechirgan tashvish: bir joyda o’tirish unga qiyin, qo’llari / oyoqlari doimo harakat qiladi, oz terisiga tegadi;
- ko’zlari «ho’l joyda»: har qanday yangi hodisa bolada ko’z yoshlarini keltirib chiqarishi mumkin;
- kelajakdagi voqealar yoki taxminiy vaziyatlar haqida tashvishlanish.
Kognitiv belgilar
- Diqqatni jamlashda qiyinchilik, masalan, uy vazifasini bajarishda;
- maktabda muvaffaqiyatligining pasayishi: baholarning yomonlashishi va/yoki maktabga qiziqishning yo’qolishi;
- salbiy fikrlash: voqealarning eng yomon stsenariy bo’yicha rivojlanishi haqida tez-tez fikrlar, o’z-o’zini tanqid qilish;
- Perfektsionizm: haqiqiy bo’lmagan yuqori umidlar va xato qilishdan qo’rqish.
Sotsial belgilar
- Bola do’stlari, oilasi yoki ilgari yoqtirgan faoliyatlardan uzoqlashdi;
- gapirish va muloqot qilishni (odatda 3 yoki undan ortiq kishilik bolalar guruhi bilan), guruh faoliyatida ishtirok etishni istamaslik.
«Bolalarimga hissiyotlar bilan yengish qiyin. Nima qilish lozim?»
- Har bir bola uchun qat’iy ovqatlanish jadvalini tuzing va maqsadi stressni «ortidan yeyish» bo’lgan gazaqlarni rag’batlantirmang.
- Oilangizdagi kattalar emotsiyalarini boshqarishni bilishlariga ishonch hosil qiling, chunki bola xulq-atvor strategiyalarini o’z oilasida qabul qiladi.
- Har bir bolaga salbiy emotsiyalaridan xalos bo’lishning muqobil usulini topishga yordam bering: jismoniy faoliyat, hayvonlar bilan vaqt o’tkazish.
- Bolalarga atrofdagi haqiqatni bashorat qilishlariga yordam bering. Tashvishlanishi yuqori bo’lgan bola uchun ota-onasi hamma narsani nazorat qilishlarini bilish haqiqatdan ham juda muhimdir.
- Farzandlaringizning Internet’dagi faolligini va gadjetlardan foydalanishini, ayniqsa kechqurun, kuzatib boring.
- Bolalar uchun tinch va osoyishta bir joyni ta’minlang.
- Giperaktivlikni nazorat qilish uchun farzandingiz bilan sekin nafas olishni mashq qiling.
- Yodda tuting! Hech bir ota-ona farzandlari uchun navbatdagi qiyin davrni to’liq yengishga va oldini olishga majbur emas. Ba’zida siz, bolalardagi ba’zi inqirozlar muqarrar ekanligini va bu vaqtlarda chaqalog’ingiz odatdagidan ko’proq yig’lashi mumkinligini faqat qabul qilishingiz kerak.
Bolaning asab tizimiga qanday vitaminlar yordam beradi?
Nutrientlarning keng doirasi bolaga quyidagilar uchun kerak bo’ladi:
- uning kognitiv qobiliyatlarini rivojlantirish (analitika, sintez, ijodiy yondashuv yordami bilan muammolarni hal qilish),
- bolaning stressga chidamliligini qo’llab-quvvatlash,
- psixo-emotsional muvozanat va kayfiyatni tartibga solish.
Masalan:
– B guruhi vitaminlari asab tizimining faoliyatini normallashtirishga va bolalarning emotsional holatini yaxshilashga yordam beradi.
– Magniy asab va mushaklarning kuchlanishini tartibga solishda ishtirok etadi, uyqu sifatiga ta’sir qiladi va bolada boshdan kechirgan mushaklarning spazmlari va kramplarini kamaytirishga yordam beradi.
– Ko’pgina oziq moddalar bolaning aqliy rivojlanishiga bilvosita ta’sir qiladi. Masalan, yod qalqonsimon bezning faoliyatini qo’llab-quvvatlaydi, bu esa o’z navbatida miya faoliyatini qo’llab-quvvatlaydi.
– Organizmda kaltsiyning so’rilishini tartibga solish qobiliyati bilan taniqlu bo’lgan D vitamini, shuningdek, neyroplastiklik – neyronlarning atrof-muhit ta’siri ostida moslashish qobiliyati – uchun ham katta ahamiyatga ega. Bu bolalarning rivojlanayotgan miyalarining kognitiv qobiliyatlariga ta’sir qiladi.
– Omega-3 yog’li kislotalar (EPK va DGK) — homilador bo’lishdan boshlab erta maktabgacha yoshga qadar bolaning asab tizimining asosiy qurilish komponentlari bo’ladi. Shu bilan birga, dokozageksaen kislotasi (DGK) miya hujayralarida yog’larni qurish uchun juda muhimdir.
Biroq, farzandingizni muvozanatli va xilma-xil ovqatlanish bilan ta’minlash muhim muammoning faqat bir qismidir! Boshqa qismi, farzandingiz yoqtirmaydigan sabzavotlar, sho’rva yoki salat eyishga ko’ndirishdir.
Bolaning sog’lom odatini shakllantirish uzoq va murakkab jarayon bo’lishi mumkin. Bola hayotining ushbu muhim davrida vitamin komplekslari ota-ona uchun ishonchli yordam bo’lishi mumkin.
«Tropik mevalarning ta’mi bor multivitaminlar va minerallarning Kangavites kompleksli formulasi» — nerv-mushak to’qimasini mustahkamlash, miya faoliyatini, bolaning e’tiborini va xotirasini yaxshilash uchun asosiy nutrientlarning kombinatsiyasi.
Kompleksning tarkibiga temir, sink, yod, A, C, D, E vitaminlari, soya lesitini, foydali o’simliklar, sabzavotlar va mevalarning ekstraktlari va hokazo kiradi.
Biomavjud organik shakldagi vitaminlar, minerallar va o’simlik komponentlari organizmning barcha hayotiy tizimlarining ishlashiga yordam beradi. Kompleksni qabul qilishning qulay shakli esa bu odatni erta yoshdan boshlab sog’liqqa g’amxo’rlik qilishning yoqimli bir qismiga aylantiradi.
Yakunida
Shuni ta’kidlash kerak, ki bolaning asab tizimiga g’amxo’rlik qilish uning umumiy salomatligi va farovonligida muhim rol o’ynaydi.