BU QISHDA SIZ SINAB KO‘RMOQCHI BO‘LGAN OLTITA VITAMIN

4 daqiqalik o'qish

Yil fasli o‘zgaradi — organizmning ehtiyojlari ham o‘zgaradi: immun tizimingiz zaiflashadi, teringiz quruqlashib, energiya zaxirasi kamayadi va hatto bo‘g‘imlaringiz ham vaqti-vaqti bilan o‘zini eslatishi mumkin.

 

Ushbu maqolada siz uchun qish mavsumida salomatligingizni saqlash va o‘zingizni yaxshi his qilishingizga yordam beradigan vitaminlar va qo‘shimchalarning to‘liq ro‘yxatini to‘plaganmiz.

 

Immunitetni qo‘llab-quvvatlash uchun vitaminlar

 

1. Vitamin C

 

Agar siz immunitetni qo‘llab-quvvatlash uchun vitaminlarni tanlasangiz, birinchi navbatda vitamin C haqida o‘ylashingiz mumkin. Bu esa bejizga emas!

 

Vitamin C kuchli antioksidant bo‘lib, zararli erkin radikallarni neytrallaydi. Bundan tashqari, vitamin C sog‘lom immun tizimining muhim tarkibiy qismi bo‘lgan leykotsitlarning ishiga yordam beradi.

 

Ko’pgina oziq-ovqatlar, ayniqsa meva va sabzavotlar vitamin C ga boy. Biroq, vitamin C ning kunlik dozasini olishni ta’minlashning eng oddiy usuli uni qo‘shimcha sifatida qabul qilish.

 

ESTER-C

Ester-C® – bu vitamin C, ammo oddiy vitamin C dan farqli o‘laroq, Ester-C leykotsitlarda 24 soatgacha qoladi, kislotali muhit hosil qilmaydi va oshqozonga yumshoq ta’sir ko‘rsatadi.¹

 

Har kuni bir kapsuladan qabul qilish yuqori nafas yo‘llari salomatligini saqlashga imkon beradi, antioksidantlar kuchi tufayli erkin radikallarni neytrallaydi va immunitet tizimini kompleks ravishda mustahkamlaydi.

 

2. Vitamin D

 

Vitamin D immun tizimi faoliyatiga juda muhim ta’sir ko‘rsatadi. Organizmda vitamin D ning asosiy manbai, odatda, B spektrining quyosh ultrabinafsha nurlari hisoblanadi, shuning uchun uni ko‘pincha «quyosh vitamini» deb ataladi. Biroq, agar siz quyosh nuri kam bo‘lgan hududda yashasangiz yoki ochiq havoda kam vaqt o‘tkazsangiz, vitamin D tanqisligi ehtimoli mavjud.

 

Agar siz quyoshdan yetarlicha vitamin D olayotganingizga ishonchingiz komil bo‘lmasa, uni nutriyent sifatida qabul qilishga harakat qiling.

 

VITAMIN D3 600 ME

Har kuni bir kapsuladan qabul qilish sog‘lom immun tizimini saqlashga, suyaklar va tishlarni mustahkamlashga yordam beradi, shuningdek, asab va mushaklar ishini optimallashtiradi.

 

3. Sink

 

Sink organizmning ko‘pgina funksiyalari uchun ajralmas mineral hisoblanadi. U DNK yaratishda, hujayralarning o‘sishida, oqsillarning tuzilishida va immun tizimni qo‘llab-quvvatlashda muhim ahamiyatga ega.

 

Sink immunitet tizimining ko’p jihatlarida muhim rol o’ynaydi. U tug‘ma immun tizimi hujayralarining, shu jumladan organizmning yot moddalardan himoya qiluvchi T- va B-hujayralarining (antigenlar) normal o‘sishiga va ishlashiga yordam beradi.

 

Sink immunitet hujayralarining o‘sishi va normal ishlashini qo‘llab-quvvatlagani sababli, hatto yengil yoki o‘rtacha sink tanqisligi ham limfotsitlar, neytrofillar va makrofaglarning faolligini pasaytirishi mumkin.

 

SOLGAR «SINK PIKOLINATI» — pikolin kislotasiga asoslangan organik, oson hazm bo’ladigan shakldagi sink manbai. Mahsulotni immunitetni qo’llab-quvvatlash, antioksidant yordam va kundalik go’zallik tartibingizga qo’shimcha sifatida qabul qilish mumkin.

 

Qishda teri salomatligi uchun vitaminlar

 

Agar qishda teringiz quruqroq yoki muammoli bo‘lib qolsa, siz yolg‘iz emassiz. Qish faslida sovuq havo terining quruqligi va qichishishiga olib keladi, mimik chiziqlar va ajinlar yanada sezilarli bo‘ladi.
Yaxshiyamki, sog‘lom va yorqin terini saqlashga yordam beradigan qo‘shimchalar mavjud:

 

4. Kollagen va gialuron kislotasi

 

KOLLAGEN VA GIALURON KISLOTASI KOMPLEKSI

Ushbu bestseller formula atigi 12 hafta ichida terida kollagen ishlab chiqarishni oshirib, ajinlarni yumshatishga yordam beradi, terining elastikligini yaxshilab, uni yanada sog‘lom va yorqin qiladi.

 

5. Navro‘zgul moyi

 

NAVRO‘ZGUL MOYI

Ushbu qo‘shimcha ko’pto‘yinmagan yog’ kislotalari (gamma-linolen va linol kislotalari) ning qo‘shimcha manbai sifatida tavsiya etiladi. Har kuni bir kapsuladan kuniga ikki marta qabul qilish teri salomatligini qo‘llab-quvvatlaydi va teri quruqligi muammosini hal qilish imkonini beradi.

 

Qishki horg‘inlik uchun vitaminlar

 

Ba’zan qishda siz o‘zingizni odatdagidan ko‘ra charchagan va bo‘shashgan his qilishingiz mumkin. Bu miya qisqaroq kunduz soatlariga javoban uyquni tartibga soluvchi melatonin gormonini ko‘proq ishlab chiqarishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

 

6. B guruhi vitaminlari

 

B guruhi vitaminlari har kuni quvvatni saqlashda ajoyib yordamchilar bo‘lishi mumkin.

 

B-KOMPLEKS

Solgar® B-kompleks tarkibiga B guruhining barcha vitaminlari kiritilgan. Har kuni bir kapsuladan qabul qilish energiya zaxirasini oshiradi va kun davomida yuzaga keladigan davriy stresslarda organizmni qo‘llab-quvvatlashni ta’minlaydi.

 

KUNDUZGI STRESS NAZORATI

«Kunduzgi stress-nazorati» jismoniy va emotsional stress paytida konsentrasiya hamda xotirani yaxshilashga yordam beradi. Mahsulot tarkibiga Rhodiolife® — pushti rodiolaning standartlashtirilgan ekstrakti va Panmol® B-kompleks — tabiiy manbadan (kinoa o‘simtasi) olingan 8 ta B guruhi vitaminlari kiradi.

 

SUHBATIMIZ YAKUNIDA

 

Immunitet tizimini mustahkamlash, teri salomatligi va kundalik quvvatni saqlash yil davomida sizning salomatligingiz garovidir! Solgar mahsulotlari orasida siz organizmingizning individual ehtiyojlarini qondirish uchun vitaminlarning mukammal kombinatsiyasini topishingiz mumkin.