40 YOSHDAN OSHGAN AYOLLAR UCHUN 7 XIL MUHIM NUTRIYENTLAR

5 daqiqalik o'qish

Ayol organizmining vitaminlar va mikroelementlarga bo’lgan ehtiyojlari yoshga qarab o’zgarishi mumkin, shuningdek, tanamizning ma’lum mikroelementlarni o’zlashtirish qobiliyati ham. Shuning uchun, ba’zi ozuqa moddalarni to’ldirish uchun qo’shimcha nutriyentlar qabul qilishimiz kerak bo’lishi mumkin.

 

Keling, 40 va 50 yoshdan oshgan ayollarning ko’pchiligiga kerak bo’lgan eng muhim nutriyentlarni ko’rib chiqaylik.

 

1. VITAMIN B12

 

Keksa odamlarning 20% ​​dan ortig’ida ushbu vitamin tanqisligi uchraydi.¹

 

Vitamin B12 energiya almashinuvini, asab tizimining sog’lig’ini va boshqalarni qo’llab-quvvatlovchi muhim nutriyent hisoblanadi.

 

Organizm ovqatdan vitamin B12 ni olishi uchun oshqozon suyuqligi va fermentlardan foydalanadi. Shundan so’ng, oshqozon hujayralari vitamin B12ni ingichka ichakka, ya’ni u so’riladigan joyga olib boradi va faktor ishlab chiqaradi. Biroq, yosh o’tgan sari, oshqozon hujayralari tomonidan ushbu muhim biologik faol komponentlarni ishlab chiqarish samaradorligi pasayadi, bu esa organizmning vitamin B12 ini o’zlashtirishini qiyinlashtiradi.²

 

2. KALSIY

 

Suyak to’qimalarida yuzaga keladigan yoshga bog’liq tabiiy o’zgarishlar tufayli kalsiy 40 yoshdan oshgan ayollar uchun ayniqsa muhimdir. Taxminan 40 yoshga qadar har qanday yemirilgan suyak to’qimasi tiklanadi. Biroq, 40 yildan keyin bu jarayon sekinlashadi.³ Agar suyak to’qimasi tiklanishi mumkin bo’lganidan ko’ra tezroq yemirilsa, suyakning shikastlanishi va sinishi xavfi ortadi.

 

Ko’pchilik ayollarda menopauza davri 45 yoshdan 55 yoshgacha kuzatiladi. Estrogen darajasi keskin pasayganda, ayollarda suyak massasining tez kamayishi kuzatiladi. Taxminlarga ko’ra, ayollar menopauzadan keyingi dastlabki besh yil ichida suyak massasining 10 foizini yo’qotadilar.⁴

 

Suyak massasining bunday keskin kamayishi suyak kuchini pasaytirib, ayollarda uning sinish xavfini oshiradi.

 

Kalsiy preparatlarini qabul qilish 40 yoshdan oshgan ayollar uchun suyak sog’lig’ini saqlashning bir usuli hisoblanadi.

 

SOLGAR Kalsiy-Magniy vitamin D3 bilan

 

Solgar Kalsiy-magniy vitamin D3 bilan kompleksi suyak salomatligini qo’llab-quvvatlash uchun uchta mikroelementni o’z ichiga oladi. Mahsulotni qabul qilish sog’lom suyaklar, immunitet, asab va mushak tizimlarini saqlashga yordam beradi.

 

SOLGAR Kalsiy, Magniy, Sink

 

Kaltsiy, magniy va sink suyak salomatligi uchun o’ta muhim. Formula uchta komponentni o’z ichiga olib, suyaklar va tishlarni mustahkamlashga, immunitetni yaxshilashga hamda asab va mushak tizimlarining normal ishlashiga yordam beradi.

 

3. VITAMIN D

 

Kalsiy singari, vitamin D ham yoshga qarab suyak salomatligi uchun juda zarur hisoblanadi.

 

Quyosh organizmdagi vitamin D ning asosiy manbai hisoblanadi, vitamin D darajasining past bo’lishining asosiy sababi odatda quyosh nurining yetishmasligidir. Yosh oshgan sari odamlar uyda ko’proq vaqt o’tkazganligi sababli, vitamin D darajasi pasayadi.

 

Vitamin D ni qo’shimcha qabul qilish tavsiya etilgan kunlik normani ta’minlaydi.

 

SOLGAR Vitamin D3 600 ME

 

Vitamin D yog’da eriydigan to’rtta vitamindan biri bo’lib, ushbu formula tarkibida uning optimal so’rilishini yaxshilovchi kapsula shaklidagi vitamin D3 mavjud.

 

4. MENOPAUZA SIMPTOMLARINI KAMAYTIRISH

 

Menopauza – bu o’rta yoshga yaqinlashganda ayol duch keladigan eng muhim o’zgarishlardan biridir.

 

Menopauza paytida organizmda katta gormonal o’zgarishlar sodir bo’ladi, u ishlab chiqaradigan gormonlar miqdorini kamaytiradi — asosan estrogen va progesteron. Estrogen darajasining bunday pasayishi bilan menstrual sikl o’zgara boshlaydi yoki tartibsiz bo’lib, keyin nihoyat u to’xtaydi.

 

Tana gormonlar darajasining o’zgarishiga moslashganda, turli xil jismoniy o’zgarishlar yuz berishi mumkin.

 

Har bir ayol menopauzani boshqacha boshdan kechiradi. Solgar kompaniyasi ushbu davrda ayollarning salomatligini saqlashga hamda menopauzaning keng tarqalgan simptomlaridan xalos bo’lishga yordam beradigan formulani ishlab chiqdi.

 

SOLGAR MenoPraym

 

Solgar «MenoPraym» kompleksi klinik jihatdan tasdiqlangan ikkita komponentni: Sibir rovochini (ERr-731®) birlashtiradi, bu menopauzaning eng keng tarqalgan belgilaridan xalos bo’lishga yordam beradi, masalan:

  • Ko’tarilish,
  • Tungi terlash,
  • Asabiylilik,
  • Xavotir,
  • Kayfiyatning keskin o’zgarishi,
  • Uyqu buzilishi,
  • Holdan toyish,
  • Bo’g’imlar va mushaklardagi noqulaylik,
  • Siydik chiqarishning buzilishi,
  • Libido va jinsiy qoniqishning pasayishi.

 

Za’faron (Saffron™) yaxshi kayfiyat va barqaror hissiy holatni saqlashga yordam beradi.

 

5. MAGNIY

 

Magniy organizmdagi yuzlab kimyoviy reaksiyalarda ishtirok etadi. Haqiqatdan ham bu muhim nutriyent boshqa minerallarga qaraganda ko’proq sog’liq uchun foyda keltiradi. Biroq, magniy tanqisligi yetarlicha keng tarqalgan.

 

SOLGAR Magniy Sitrati

 

Tabletkalardagi Solgar Magniy Sitrati quyidagilarda ijobiy ta’sir etadi:

  • Stressga chidamlilikni oshirish,
  • Asab va mushak tizimlarining to’g’ri ishlashini ta’minlash,
  • Suyak salomatligini qo’llab-quvvatlash,
  • Yurak-qon tomir sog’lig’ini qo’llab-quvvatlash,
  • Hujayra energiya darajasini yuqori darajada yaxshilash.

 

Solgar mahsulotida magniyning oson so’riladigan shakli — magniy sitratidan foydalaniladi.

 

Magniy 40 yoshdan oshgan ayollar uchun ayniqsa muhimdir. Suyak salomatligi yosh ortib borgani sari ayniqsa muhim hisoblana boshlaydi va magniy uni saqlashda muhim rol o’ynaydi.

 

6. AYOLLAR UCHUN MULTIVITAMIN VA MINERAL KOMPLEKS

 

Agar ko’p turdagi har xil nutriyentlarni qabul qilishdan charchagan bo’lsangiz, ayollar uchun mo’ljallangan multivitamin va mineral komplekslarni qabul qilishni o’ylab ko’rishingiz mumkin.

 

Yosh va jinsni hisobga olgan holda multivitamin kompleksini tanlashga mas’uliyat bilan yondashish kerak, chunki 20 yoshli ayol organizmining ehtiyojlari 50 yoshli ayolning organizmi ehtiyojlaridan juda farq qilishi mumkin.

 

SOLGAR Ayollar uchun multivitamin va minerallar kompleksi

 

Kuniga 3 marta 1 tabletkadan qabul qilish quyidagilarni ta’minlaydi:

  • Reproduktiv tizim va sut bezlari salomatligi,
  • Optimal energiya darajasi va asab tizimining holati,
  • Suyak va yurak-qon tomirlari salomatligi,
  • Immunitet.

 

Kompleks tarkibida folat kislotasi, vitamin D3 va temirni o’z ichiga olgan oson hazm bo’ladigan shakldagi vitaminlar va minerallarni saqlaydi.

 

50 YOSHDAN OSHGAN AYOLLAR UCHUN MULTIVITAMIN VA MİNERAL KOMPLEKS

 

SOLGAR® Multivitamin va mineral kompleks 50+

 

Kompleks quyidagilarga yordam berishga qaratilgan:

  • Sochlar, teri va tirnoqlar sog’lomligi,
  • Optimal energiya darajasi va asab tizimining holati,
  • Suyak va yurak-qon tomirlari salomatligi,
  • Immunitet.

 

Tarkibida 24 xil oson so‘rilgan vitamin va minerallar, jumladan vitamin D3, B12 va biotin mavjud.

 

7. PROBIYOTIKLAR

 

Probiyotiklar ovqat hazm qilish faoliyatining yaxshi ishlashini ta’minlaydi, ovqat hazm qilish tizimining salomatligi, o’z navbatida, salomatlikning barcha jihatlariga ta’sir etadi — immunitetdan suyak salomatligi va stressga chidamlilikkacha.

 

SOLGAR Acidophilus

 

«Acidophilus Plus» tarkibiga eng keng tarqalgan probiyotik shtammlar kiradi: Bifidobacterium lactis BB-12® va Lactobacillus acidophilus LA-5®.

 

Ushbu birikma ichak faoliyatini yaxshilaydi, ayollar salomatligini qo’llab-quvvatlaydi va og’iz bo’shlig’iga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.

 

XULOSA

 

40 yoshdan oshgan ayollar uchun eng muhim vitamin va minerallarga vitamin B12, kalsiy, vitamin D va magniy kabilar kiradi. 40 yoshdan oshgan ayollar uchun maxsus ishlab chiqilgan biologik faol qo’shimchalar, masalan «Ayollar uchun multivitamin va mineral kompleksi» va «MenoPraym», shuningdek, menopauza simptomlarini yengillashtirish, ichak va butun organizm salomatligini qo’llab-quvvatlash kabi holatlarda o’zingizni yaxshi his etishingizda yordam beradi.

 

Manbalar:

  1. https://pubmed.ncbi.nlm.nih.gov/15289425/;
  2. https://cyberleninka.ru/article/n/faktory-riska-razvitiya-defitsita-vitamina-v12-i-ego-posledstviya;
  3. https://cyberleninka.ru/article/n/ostorozhno-osteoporoz;
  4. https://www.betterhealth.vic.gov.au/health/conditionsandtreatments/menopause-and-osteoporosis.