Amaliy qo’llanma: qanday qilib dorixonada magniyni to’g’ri tanlash mumkin

3 daqiqalik o'qish

Mushaklarning ishlashidan boshlab energiya ishlab chiqarishgacha bo’lgan 300’dan ortiq jarayonda ishtirok etadigan mineral – magniy dunyo aholisining qariyb yarmiga yetishmaydi. Organizm uni o’z-o’zidan sintez qilmaydi, shuning uchun magniyni oziq-ovqat yoki qo’shimcha nutrientlar yordamidan olish muhimdir.

 

Magniyni qabul qilish haqida qachon o’ylash kerak?

  • Yosh: yillar davomida ehtiyoj o’sib boradi. Magniy kognitiv funktsiyalarni va jismoniy faollikni qo’llab-quvvatlaydi.
  • Sport: ter orqali yo’qotishlar tufayli intebsiv mashg’ulotlar talabni 10-20%-ga oshiradi.
  • Stress: o’z-o’zini kuchaytiradigan tsiklni yaratadi – magniy yo’qotilishini oshiradi va magniy yetishmasligi stressga nisbatan zaiflikni oshiradi.
  • Homiladorlik: magniy gormonal muvozanatni tartibga soladi va homilaning asab tizimining va suyaklarining rivojlanishini qo’llab-quvvatlaydi.

 

Magniyni tanlash qiyin ko’rinadi, ammo biz quyida ongli qaror qabul qilishning asosiy mezonlarini ko’rib chiqamiz.

 

Magniy shakllarining turlari: glitsinat vs. sitrat

 

Magniyning eng keng tarqalgan ikkita shakli – magniy glitsinati va magniy sitrati. Ularning orasidagi farq nima va qaysi birini tanlash kerak? Keling, ularni batafsil ko’rib chiqaylik.

 

1. Magniy glitsinati

 

Magniy glitsinati — bu magniyning glitsin aminokislotasi bilan birikmasidir.

 

Glitsin magniyning barqarorligini va so’rilishini yaxshilaydi. Bunday bog’lanish xelatli deb ataladi va mineralning aminokislota bilan birlashish jarayoni xelatlash deb ataladi.

 

Xelatlashning afzalliklari:

  • Magniyni oshqozon-ichak traktida so’rilishiga xalaqit beradigan moddalar bilan o’zaro ta’siridan himoya qiladi.
  • Xelatli birikmaning mustahkamligi va barqarorligi tufayli yuqori darajali biologik mavjudlikni ta’minlaydi.

 

2. Magniy sitrati

 

Magniy sitrati — bu yuqori biologik mavjudliga ega bo’ladigan, organik magniyning shakli. Noorganik birikmalar (magniy oksidi)ga nisbatan sitrat shakldagi magniyning biologik mavjudligi 25%’ga yuqoriroq.

 

O’z Solgarini tanlash vaqti keldi.

 

Kompaniya salomatlikni saqlash uchun keng turdagi mahsulotlarni taklif etadi va har bir kishi uchun xavfsizlik va individual yechimlarni kafolatlaydi.

 

Solgar magniy sitrati tabletkalarda – yuqori darajada hazm bo’ladigan 400 mg optimal sutkalik dozadagi organik magniy manbai. Tabletkalar suvda eruvchan, osonlikcha yutiladigan qobik bilan qoplangan.

 

Solgarning assortimenti magniy, kaltsiy va sink bilan kombinatsiyalarni o’z ichiga oladi.

 

Magniy va kaltsiy tandemda ishlashadi: magniy kaltsiyning so’rilishini tartibga soladi va uning qon tomirlarida to’planishiga to’sqinlik qiladi, kaltsiy esa suyaklar va tishlarni mustahkamlaydi. Sinkni qo’shish immun himoyani kuchaytiradi, reproduktiv funktsiyani qo’llab-quvvatlaydi va teriga har tomonlama yordam berish orqali uning ahvolini yaxshilaydi.

 

Solgar kaltsiy-magniy D3 vitamini bilan

 

Mahsulotning tarkibiga suyaklarning sog’ligini, shuningdek asab va mushaklar funktsiyasini qo’llab-quvvatlashga yordam beradigan uchta faol modda kiradi: kaltsiy, magniy va D3 vitamini.

 

Solgar Kaltsiy-magniy-sink

 

Bu organizmdagi mineral muvozanatni saqlash uchun yetishmayotgan asosiy nutrientlarni to’ldirishning optimal usuli.

 

Yaroqli magniy qo’shimchasini qanday tanlash mumkin  

  1. Ehtiyojlaringizni aniqlang: magniyni qabul qilish bilan siz nimaga erishmoqchisiz? Dam olish va stressdan xalos bo’lish mi? Mushaklar funktsiyasini qo’llab-quvvatlash mi?
  2. Qo’shimchaning biologik mavjudligini hisobga oling: magniy glitsinati yoki magniy sitrati kabi yuqori biomavjudlikka ega bo’ladigan variantlarni tanlang.
  3. Mutaxassis bilan maslahatlashing: magniyning qaysi shakli sizga ko’proq foyda keltirishi haqida shaxsiy tavsiyalar berishini shifokoringizdan so’rang.

 

Keling, xulosa qilaylik

 

Magniy – organizmning ko’plab funktsiyalari uchun zarur bo’ladigan muhim mineraldir. Magniy glitsinati va magniy sitrati o’rtasidagi farqlarni tushunib, siz ongli tanlov qilishingiz mumkin.