YURAK SALOMATLIGI UCHUN MAGNIY KERAKMI?

3 daqiqalik o'qish

Magniy organizmingiz har kuni bajaradigan ko’plab vazifalarni amalga oshirishda muhim ahamiyatga ega — davriy stresslarni yengishga yordam berishdan tortib, suyaklar salomatligini saqlashgacha. Ammo magniy yurak salomatligini saqlashni ta’minlaydimi? U sog’lom yurak ritmini saqlay oladimi?

 

Keling, yurak salomatligini saqlashda magniyning rolini va qaysi magniyli qo’shimchalar sizga mos kelishini batafsil ko’rib chiqaylik.

 

MAGNIY NIMA VA U NIMA UCHUN SHUNCHALIK MUHIM?

 

Magniy organizmda eng ko’p tarqalgan to’rtinchi mineral bo’lib, 300 dan ortiq ferment tizimlarida muhim rol o’ynaydi.¹ Bu organizmning optimal ishlashi uchun zarur bo’lgan yettita asosiy mineraldan biri bo’lib:

  • u energiya ishlab chiqarish,
  • mushaklarning qisqarishi,
  • nerv impulslarini o’tkazish,
  • qondagi qand miqdorini boshqarish
  • va boshqa ko’plab faoliyat uchun zarur.

 

MAGNIY YURAK URISH TEZLIGINI ME’YORDA USHLAB TURISHGA YORDAM BERADIMI?

 

Magniy, kalsiy, kaliy va natriy kabi boshqa minerallar singari, elektrolit hisoblanadi. Elektrolitlar organizmdagi asab va mushak tizimlarining faoliyatida katta rol o’ynaydi. Ular harakat potensiallari deb ataladigan elektr signallarini ishlab chiqarish va yuborishga yordam beradi, bu esa bizning asablarimizga xabarlar yuborish va mushaklarimizga harakat qilish imkonini beradi.

 

Yurak mushak bo’lganligi sababli, organizmdagi elektrolitlar balansini to’g’ri saqlash yurakning qanchalik tez yoki sekin urishi kerakligi haqida signallar olish uchun juda muhimdir.²

 

Magniy yurak urish tezligiga qanday ta’sir qilishini aniq tushunish uchun yurak urishi jarayoni qanday sodir bo’lishini bilish kerak.

 

MAGNIY QANDAY QILIB YURAK SALOMATLIGINI SAQLAYDI?

 

Yurak — kuchli nasos, qonning organizm bo’ylab harakatlanishini ta’minlaydi. Sinus tuguni elektr signallarini yuboradi, ular avval yurakning yuqori, keyin esa pastki kameralariga yetib boradi.

 

Signal pastki kameralarga (qorinchalarga) yetib borishdan oldin, u atrioventrikulyar tugun deb ataladigan hujayralar guruhidan o’tishi kerak. Atrioventrikulyar tugun taxminan yo’l harakatini tartibga soluvchi sifatida ishlaydi – u yurakning pastki kameralari (qorinchalar) ishga tayyor ekanligiga ishonch hosil qilish uchun signal uzatishni sekinlashtirishga yordam beradi.

 

Shuningdek, atrioventrikulyar tugunni orkestr dirijyori sifatida tasavvur qilish mumkin, u yurakning har bir qismi o’z vaqtida o’z rolini o’ynashini, qon aylanishining uzluksizligini ta’minlaydi.

 

Magniy atrioventrikulyar tugunning to’g’ri ishlashida muhim rol o’ynaydi. Magniy miqdorining ko‘pligi yurak urishining sekinlashishiga olib kelishi mumkin. Magniyning haddan tashqari kam miqdori yurak urishining kuchayishiga ta’sir ko’rsatishi mumkin.³

 

YURAK SALOMATLIGINI SAQLASH UCHUN QAYSI MAGNIYNI TANLASH KERAK?

 

SOLGAR “Magniy sitrati” — oson hazm bo’ladigan organik shakldagi magniy manbai. Ushbu mahsulot:

  • Yurak-qon tomir tizimi salomatligini saqlashda,
  • Xavotirni kamaytirish va stressga chidamlilikni oshirishda,
  • Asab va mushak tizimlarining normal ishlashini ta’minlashda,
  • Suyaklar salomatligini saqlashda,
  • Hujayra energiyasini yuqori darajada ushlab turishda yordam beradi.

 

MAGNIYNI QAYSI VAQTDA QABUL QILGAN MA’QUL?

 

Magniyni kunning istalgan vaqtida qabul qilish mumkin. Ba’zilar uni uyqudan oldin, boshqalari ertalab qabul qilishni afzal ko’rishadi. Bu holatda muntazamlik aniq qabul qilish vaqtidan ko’ra muhimroqdir.

 

QAYSI MAHSULOTLAR TARKIBIDA MAGNIY BOR?

 

Magniyning eng yaxshi manbalaridan biri qora bargli ko’katlardir. Chunki magniy o’simliklarning o’sishi uchun zarur. Magniy xlorofillning markaziy tarkibiy qismi — u fotosintez jarayoni uchun mas’ul bo’lib, ko’katlarni yashil rangda ko’rinishini ta’minlaydi.

 

MAGNIYGA BOY MAHSULOTLAR:

  • Dukkaklilar: qora loviya,
  • Bargli ko’katlar: ismaloq,
  • Butun boshoqlilar: gerkules, butun donli yorma,
  • Yong’oq va urug’lar: yeryong’oq, bodom, keshyu, qovoq urug’lari, chia urug’lari,
  • Boshqa mahsulotlar: qora shokolad, avokado.⁴

 

XULOSA

 

Magniy yurak salomatligini saqlashda muhim rol o’ynaydi va muntazam yurak urishini ta’minlashga yordam beradi. Solgar® yurak faoliyati va yurak-qon tomir tizimi salomatligini qo’llab-quvvatlash uchun mo’ljallangan magniyli biologik faol qo’shimchalarning bir nechta turlarini taklif etadi.

 

Manbalar:

  1. https://www.aafp.org/pubs/afp/issues/2009/0715/p157.html;
  2. https://pubmed.ncbi.nlm.nih.gov/31082167/;
  3. https://www.ncbi.nlm.nih.gov/pmc/articles/PMC9598104/;
  4. https://ods.od.nih.gov/factsheets/Magnesium-HealthProfessional/.