KELING «HA!» DEYLIK. FAOL TURMUSH TARZIGA!

4 daqiqalik o'qish

Faol turmush tarzining afzalliklari juda katta: salomatlikning deyarli barcha jihatlari, diqqatni jamlash qobiliyatidan tortib to tungi uyquga qadar, muntazam jismoniy faollik tufayli yaxshilanishi mumkin.

 

Biroq, har kuni yoki faqat dam olish kunlari sport bilan shug’ullansangiz ham, organizmingizni to’g’ri ovqatlanish va vitaminlar bilan ta’minlash kerak. Energiya sifati, harakatchanlik, moslashuvchanlik, suyak salomatligi va mushaklarning o’sishi ko’p jihatdan organizmga kiradigan ozuqa moddalariga bog’liq.

 

Keling, faol turmush tarzingizni saqlashga yordam beradigan eng muhim nutriyentlarni ko’rib chiqaylik.

 

Energiya uchun nutriyentlar

 

Siz bilganingizdek, organizm energiyani birinchi navbatda ovqatdan oladi. Agar siz haddan tashqari ortiqcha nosog’lom ovqat iste’mol qilgan bo’lsangiz-u, ehtimol undan so’ng o’rningizdan turib yugurishni xohlamasligingizni payqagandirsiz, chunki organizm ularni energiyaga aylantirish uchun yuqori sifatli yog’lar, uglevodlar va oqsillarni talab qiladi.

 

B guruhi vitaminlari kompleksi

 

B guruhi vitaminlari oziq-ovqatni energiyaga aylantirishda muhim rol o’ynaydi, bu sizga jismoniy mashqlar paytida faol bo’lishga imkon beradi.

SolgarB-Complex organizmni har tomonlama qo’llab-quvvatlash va barcha metabolik jarayonlarni amalga oshirish uchun zarur bo’lgan B guruhi vitaminlarini o’z ichiga oladi.

 

Energiyani saqlashning boshqa usullari

 

Tabiiy quyosh nurlarining yetarli miqdori: tabiiy quyosh nuri – bu sirkadiya ritmiga ta’sir qiluvchi eng kuchli omil, ya’ni uyqu-uyg’onish davri.

 

Kofein iste’molini cheklash: Kofein bilan ta’minlaydigan energiya oqimi organizmdagi kofein konsentrasiyasi pasayganda, keyinchalik keskin pasayishiga olib kelishi mumkin va o’zingizni avvalgidan ham charchagan his qilasiz.

 

Oqsilli nonushta: Nonushta paytida iste’mol qilingan oqsilga boy ovqatlar kun bo’yi energiyani saqlashga yordam beradi.Siz kunni tuxum, ovsyanka yoki Solgar Vey tu Gou shokoladli kokteyli bilan boshlashingiz mumkin.

 

Bo’g’imlar uchun nutriyentlar

 

Ko’pincha, odamlar ular bilan bog’liq noqulaylikni boshdan kechirmaguncha, bo’g’imlar haqida o’ylamaydilar.

 

Solgar №7 – bo’g’imlarni qo’llab-quvvatlashning ajoyib usuli. Ushbu kompleks o’zida kurkumaning kuchini vitamin C (Ester – C), Boswellia, oq tol po’stlog’i, qora qalampir va zanjabil ildizi kabi boshqa biofaol oziq moddalar bilan birlashtirib, sog’lom tayanch-harakat tizimini qo’llab-quvvatlaydi. Kompleks shuningdek, bo’g’imlarning harakatchanligi va moslashuvchanligini yaxshilashga yordam beradi.

 

Bo’g’imlarni qo’llab-quvvatlashning boshqa usullari

 

Jismoniy mashqlar oldidan razminka qilish: Jismoniy mashqlar oldidan isinish qonni yugurtirib, bo’g’imlarni isitadi, bu esa jarohatlarning oldini olishga yordam beradi.

 

Balanslangan ovqatlanish: To’g’ri ovqatlanishni saqlash sog’lom bo’g’imlarning kalitidir. Yong’oq, zig’ir urug’i, losos yoki boshqa yog’li baliq kabi Omega-3 yog’ kislotalariga boy ovqatlarni iste’mol qilish bo’g’imlarga ta’sir qilishi mumkin bo’lgan signal molekulalarini ishlab chiqarishni tartibga solishga yordam beradi.

 

Mushaklarni oziqlantirish uchun nutriyentlar

 

Asosiy fitnes maqsadingiz ko’p mushak to’plash bo’lmasa ham, uni sog’lom saqlash doimo muhimdir. Tanada 600 dan ortiq mushaklar mavjud bo’lib, ularni to’g’ri parvarish qila bilish ularning yirtilishi yoki cho’zilishining oldini oladi.

 

Mushaklarni qo’llab-quvvatlash usullari

 

Mashqlardan keyin rastyajka: jismoniy mashqdan keyin divanda cho’zilish jozibador bo’lishi mumkin, ammo rastyajka uchun vaqt ajratishni tavsiya qilamiz. Rastyajka mushaklaringizni moslashuvchan, kuchli va sog’lom qiladi. Rastyajkalarsiz (cho’zilish) mushaklar qisqa va qattiq bo’lib, harakatlanish doirasini cheklaydi.

 

Suv ichish rejimi: suv organizmni mushaklarning o’sishi va kuchayishi uchun zarur bo’lgan muhim elektrolitlar bilan ta’minlaydi. Jismoniy mashqlar paytida organizm odatdagidan ko’proq suv iste’mol qiladi. Shuning uchun suyuqlik ichish rejimini kuzatib borish kerak.

 

Ongli anglangan nafas olish: kuchli mashqlar yoki haddan tashqari jismoniy faoliyatni bajarayotganda, nafas olishga e’tibor berishingiz kerak. Qoidaga ko’ra, harakatning eng og’ir qismida nafas chiqarish va osonroq qismida nafas olish. Ongli anglangan nafas olish mushaklarni optimal ishlashi uchun zarur bo’lgan kislorod bilan ta’minlashga yordam beradi.

 

Sog’lom suyaklarni saqlash uchun nutriyentlar

 

Mustahkam suyaklar – juda muhim. Mustahkam suyaklarning shakllanishiga yordam berishdan tashqari, ularni uzoq muddatda sog’lom saqlash ham bir xil darajada muhimdir.

 

Kalsiy va magniy

 

Kalsiy – ko’plab oziq-ovqat mahsulotlarida mavjud bo’lgan mineral. Organizmning deyarli barcha kalsiylari suyaklar va tishlarda mavjud bo’lib, ularning tuzilishi va qattiqligini saqlaydi. Yosh o’ortgani sayin ovqat hazm qilish traktidan kalsiyning so’rilish samaradorligi pasayishi mumkin.¹ Odatda kalsiyni o’z ichiga olgan nutriyentlarda magniyni topish mumkin, chunki magniy kalsiyni tashishda ishtirok etib, suyaklarning minerallashishi uchun zarurdir.

 

Solgar Kalsiy-Magniy-Sink – bitta tabletkada 3 xil mineralni birlashtirgan formula bo’lib, ularning birgalikdagi balanslangan ta’sirini ta’minlaydi.

 

Solgar Kalsiy-Magniy vitamin D3 bilan – ushbu kompleks tarkibidagi kalsiy va magniy 2:1 optimal nisbatda mavjud.

 

Xulosalar

 

Faoliyat – har qanday yoshdagi salomatlikning asosiy tarkibiy qismi. Olg’a harakat qiling va o’zingiz sevgan ishni zavq ila bajaring!

 

  1. https://ods.od.nih.gov/factsheets/Calcium-Consumer/