ISHDA SOG’LOM OVQATLANISH BO’YICHA 6 TA MASLAHAT

4 daqiqalik o'qish

Biz uzoq soatlar, smenalar, dam olish kunlari va bayramlarda ishlashga majbur bo’lganimizda, boshqa kundalik majburiyatlarni bajarayotganda, eng oxirgi o’rinda ovqatlanishimizning «to’g’riligi» haqida o’ylaymiz. Kundalik hayotning shovqin-suronidan charchagan holda, doimo stress ostida bo’lganda, biz ochlikni qondirishdan tashqari (yoki hatto stressimizni yeb qo’yish) organizmimizga hech qanday foyda keltirmaydigan yengilgina gazaklar bilan osonlikcha chalg’ib qolamiz.

 

Ushbu turdagi ovqatlanish tartibini qabul qilish orqali biz nafaqat diyetamizdan barcha muhim oziq moddalarni chiqarib tashlabgina qolmay, balki sog’lig’imizga ham zarar keltiramiz.

 

Buni qanday tuzatishni sizga quyida aytib beramiz:

 

1. ERTALABKI OVQATNI O’TKAZIB YUBORMANG

 

Nonushtaning qiymatini e’tibordan chetda qoldirib ketish oson. Aynan ertalabki ovqatdan biz ish kunini muvaffaqiyatli boshlashimiz uchun zarur bo’lgan energiyani qabul qilamiz. Biroq, hamma ham nonushtadan rohatlanishga muvaffaq bo’lavermaydi, ba’zilarimiz esa vaqt va kuch yo’qligini aytib, nonushtani shunchaki e’tiborsiz qoldiradi.

 

Biz bu borada biror narsa qila olamizmi?

 

  • Iloji bo’lsa, nonushta tayyorlashga yoki kechasi unga tayyorgarlik ko’rishga harakat qiling. Misol uchun, siz tuxum ruletini yoki tostni oldindan tayyorlab qo’yib, so’ng uni isitib yeyishingiz mumkin.
  • Ovqatlarni tayyorlab qo’yishdan tashqari, bir kecha avval «sahnani tayyorlab» olishingiz ya’ni oddiy so’z bilan aytganda oshxonadagi stol ustiga barcha kerakli idish-tovoqlar va mahsulotlarni erta tongda vaqtni tejash uchun tayyorlab qo’yishingiz mumkin.
  • Ishga erta borganingizda, o’zingiz bilan birga ovqat olib, ish joyingizda nonushta qilishingiz mumkin. Ertalab mevali salat yeyishni afzal ko’rasizmi? Ajoyib! Yuvilgan mevalarni maydalab, o’zingiz bilan olib ketish uchun qulay bo’lgan oziq-ovqat idishiga yoki sumkaga soling.

 

2. TUSHLIK HAQIDA OLDINDAN O’YLAB QO’YING

 

Uyda tayyorlangan taomlar mavzusini davom ettirib, biz ushbu variant eng balanslangan va to’g’ri ekanligini ta’kidlaymiz. Axir, pishirish jarayonini o’zingiz nazorat qilasiz va sabzavotli raguga «necha chimdim tuz» qo’shilganini hammadan yaxshiroq bilasiz.

 

Huddi nonushtaga ertachiroq tayyorgarlik ko’rib qo’yganingiz kabi, tushlik uchun ham bir kecha avval tayyorgarlik ko’ring. Ishni osonlashtirish uchun oddiy, tez va to’yimli taomlarni tanlab, hafta ichi kuningiz uchun ovqatlanish rejasini tuzing.

 

Asosiy ovqatlardan tashqari, ish kuni davomidagi sog’lom gazaklar haqida ham o’ylab qo’yishingiz kerak. Bu tuzsiz yong’oqlar, xom sabzavotlar yoki mevalarning aralashmasi bo’lishi mumkin.

 

Alternativa sifatida siz donli batonlar, quritilgan mevalar, yogurtlar va butun donli krakerlarni tanlashingiz mumkin.

 

Agar haftalik «ta’minot»laringizni saqlash uchun ofisdagi oshxonangizda o’z javoningiz bo’lishi yaxshi fikr, agar hech kim qarshi bo’lmasa.

 

3. SUV ICHING

 

Hatto yengil suvsizlanish ham xotiramizga salbiy ta’sir ko’rsatishi, tashvish va charchoqni kuchaytirishi mumkin, natijada esa bu ishdagi unumdorlik darajamizga ta’sir qiladi. Shuning uchun har doim yoningizda bir stakan yoki bir shisha suv bo’lishiga harakat qiling.

 

4. KOMPYUTER QARSHISIDA OVQATLANISHNI UNUTING

 

Odatda kompyuter qarshisida ishlaydiganlar mexanik ravishda ovqatlanishadi, bir vaqtning o’zida salatni yeb turib, elektron pochtani tekshiradilar. Biroq, bu taktika bizni ovqatdan zavqlanishdan mahrum qiladi. Shu sababli, ishda uzoq vaqtli tanaffus paytida biz doimo stolimizdan turamiz va hamkasblarimiz bilan tushlik qilamiz.

 

Ofisingizda maxsus ovqatlanish joyi yo’qmi? Unda kompyuterimizni vaqtincha o’chirib, mobil telefonimizni chetga olib qo’yamiz. Bu sizga iste’mol qilinadigan oziq-ovqat miqdorini yaxshiroq nazorat qilish imkonini beradi, chunki e’tiboringiz tashqi omillarga chalg’imaydi.

 

5. OFISGA OVQAT BUYURTMA QILISHDA FOYDALI OVQATLARNI TANLANG

 

Ba’zida ovqatimizni uyda unutib qoldirishimiz yoki biror narsa tayyorlashga vaqtimiz bo’lmasligi mumkin. Shuning uchun, biz oziq-ovqatni yetkazib berishlarini buyurtma qilishimiz yoki yaqin atrofdagi kafeda tushlik sotib olishimizga «to’g’ri» keladi. Yaqin atrofdagi va balanslangan ovqatlanish variantlarini ta’minlaydigan kafe va restoranlarning ro’yxatini oldindan tuzish yaxshi bo’lardi (yaxshiyamki, katta shaharlarda bunday joylar ko’payib bormoqda), shu sababli esa o’ziga rom etuvchi fast fudlardan chetlashish mumkin.

 

6. RATSIONINGIZNI VITAMINLAR BILAN TO’LDIRING

 

Organizmimiz har kuni zarur bo’lgan barcha ozuqa moddalarini olishini ta’minlash uchun diyetamizni balanslangan multivitamin kompleksi SOLGAR «Multi-ONE» va «Uch karra Omega-3 950 mg» kombinatsiyasi bilan to’ldirishimiz mumkin, bu energiya, diqqatni jamlash va immun tizimini qo’llab-quvvatlashga yordam beradi.

 

Polivitaminlar va yog’ kislotalaridan tashqari, organizmdagi mineral muvozanatni saqlashda muhim. Doimiy uyqusizlik, stress va ortiqcha ish rejimida aynan mana shu komponentlar asab tizimining optimal holatini saqlashga yordam beradi (hayajon va asabiylashishni nazorat qiladi), mushaklardagi gipertoniyani oldini olib, suyaklar mustahkamligini, shuningdek, soch va tirnoqlar sifatining holatini yaxshi saqlaydi.

 

SOLGAR «Kalsiy-magniy-sink» — osonlikcha mavjud bo’lgan shakldagi minerallarning balanslangan formulasi bo’lib, u odatdagi jismoniy va aqliy faoliyatni saqlab qolish uchun yetishmayotgan asosiy minerallarni to’ldirishning qulay usuli hisoblanadi: sport, ish va sevimli mashg’ulotlaringiz uchun.