40-59 YOSHDA ZARUR BO’LGAN VITAMINLAR

3 daqiqalik o'qish

40-59 yoshda organizmimiz 20 yoshga qaraganda boshqacha ishlaydi va bu normal holatdir. Biroq, bu uning optimal ishlashiga yordam berish uchun uni to’g’ri oziq moddalar bilan ta’minlashimiz kerakligini anglatadi.

 

Xo’sh, 40 yoshdan 59 yoshgacha qanday vitaminlar va qo’shimchalarni qabul qilish lozim?

 

Garchi aniq javob har bir kishi uchun o’ziga xos bo’lsa ham, biz yoshga qarab e’tibor berish kerak bo’lgan ba’zi muhim oziq moddalarni ko’rib chiqdik.

 

KOLLAGEN VA GIALURON KISLOTASI

 

Yoshingiz bilan siz ikkita narsaga e’tibor berishingiz mumkin: teringiz avvalgidek ko‘rinmaydi, bo‘g‘imlaringiz ham osonlik bilan harakatlanmaydi.

 

20 yoshdan keyin teri har yili taxminan 1% kamroq kollagen ishlab chiqaradi. Natijada, yosh ulg’aygan sari teri yupqalashib, mo’rtlasha boshlaydi. Ter va yog’ bezlari yaxshi ishlamay, teri kamroq elastin ishlab chiqaradi. Bularning barchasi ajinlar yoki terida burmalarning paydo bo’lishiga ta’sir ko’rsatadi.1

 

Bo’g’imlar ichidagi moylash suyuqligining miqdori kamayib, tog’ay ingichkalashadi.

 

Kollagen va gialuron kislotasi qo’chimchalarini qabul qilish salomatlikni qo’lllab-quvvatlashda, teri yoshligi va bo’g’imlarni sog’lom saqlashga yordam berib, shu sababli siz o’zingizni yaxshi his etgan holda, osonroq harakatlanishda davom etasiz.

 

Kollagen va gialuron kislotasi kompleksi

Quyidagilarga ta’sir etadi:

  • teridagi kollagen miqdorini oshirish (terining elastikligini oshirib, ajinlar paydo bo’lishini yumshatadi);
  • sog’lom va teri yoshligini qo’llab-quvvatlash;
  • kollagen hosil qilish uchun xondroitin va vitamin C bilan bo’g’imlar salomatligini qo’llab-quvvatlash.

 

KALSIY

 

Kalsiy organizmdagi eng keng tarqalgan mikroelement bo’lib, uning 99% suyaklar va tishlarda saqlanadi. Biroq, biz qariganimiz sari olishimizdan ko’ra ko’proq suyak to’qimasini yo’qotamiz. Suyaklar mo’rtlashib, kalsiy zaxiralari asta-sekin tugay boshlaydi.

 

Agar suyak zichligining yo’qolishi juda katta bo’lsa, osteoporoz rivojlanadi.

 

Nutriyentlarni kalsiy bilan qabul qilish — bu yoshga qarab suyak salomatligini yaxshilashning eng oson usullaridan biri.

 

Kaltsiy, magniy plyus sink

Quyidagilarni qo’llab-quvvatlashga qaratilgan:

  • immunitet tizimining salomatligi va umumiy yaxshi kayfiyat;
  • stressli davrlarda organizm;
  • suyaklar va tishlarning mustahkamligi;
  • vaqti-vaqti bilan paydo bo’ladigan oyoq tomir tortishishlarini bartaraf etish uchun asab tizimi va mushaklarning to’g’ri ishlashi.

 

KURKUMIN

 

Kurkumin — organizmga foydali bo’lishi mumkin bo’lgan yallig’lanishga qarshi birikma, ayniqsa, yosh ulg’aygan sari. Kurkumin immunitet, bo’g’imlar salomatligi va hatto miya faoliyatini qo’llab-quvvatlashda yordam berishi mumkin.

 

Kurkumin

«Kurkumin» mahsuloti quyidagilarni qo’llab-quvvatlaydi: yoshi kattalardagi xotira, diqqat va kognitiv funksiyalar. U yuqori so’rilish va uzoq muddatli kognitiv yordamni ta’minlaydi. Mahsulot, shuningdek, bo’g’imlarning sog’lig’i va immunitet tizimini qo’llab-quvvatlashga qaratilgan.

 

OMEGA-3 YOG’ KISLOTALARI

 

Oʻrnini toʻldirib boʻlmaydigan yog’ kislotalari — oziq-ovqat yoki qo’shimchalar bilan ta’minlanishi kerak bo’lgan» yaxshi yog’lar». Omega-3 yog’ kislotalari ayniqsa yurak-qon tomir salomatligini saqlash uchun muhimdir.

 

Qarish yurak va qon tomirlarida sezilarli o’zgarishlarga olib kelishi mumkin. Omega-3 yog’ kislotalari yurak faoliyati va qon aylanish funksiyasini qo’llab-quvvatlashga yordam berib, yurak-qon tomir salomatligini mustahkamlaydi.

 

Bundan tashqari, omega-3 yog’ kislotalari bo’g’imlarning sog’lig’i uchun muhim bo’lib, ular ham yosh o’tgan sari kamayishi mumkin.

 

Uch karra Omega-3 950 mg

Qo’llab-quvvatlaydi:

  • yurak-qon tomir salomatligi;
  • bo’g’imlar salomatligi;
  • teri salomatligi;
  • umumiy yaxshi kayfiyat.

 

Har bir kapsulada 950 mg omega-3 — bu sovuq suv baliqlaridan olingan Solgar Omega-3 yog’ kislotalari EPK va DGK ning eng yuqori konsentrasiyasi.