Bolalar uchun qaysi vitaminlar ayniqsa muhim?

3 daqiqalik o'qish

Farzandlarining salomatligi va farovonligi haqida gap ketganda, ota-onalar ko’p narsalarni o’ylaydilar. Mavjud ma’lumotlarning katta oqimida va ko’pincha bolalarga nima foyda keltirishi haqida qarama-qarshi fikrlarni tushunish oson emas, ho’sh, nimaga ishonish kerak?

 

Ushbu maqolada biz ozuqa moddalarini tanlash xususiyatlari va ularning bola tanasining rivojlanishi uchun roli haqida batafsil gaplashamiz.

 

VITAMIN C IMMUNITETNI QO’LLAB-QUVVATLASH UCHUN

 

Bolalar juda qiziquvchan bo’ladilar va bu sifat kichik daholarning rivojlanishi uchun juda foydali. Organizmning immunitet tizimi har kuni himoyaga muhtoj. Vitamin C yordamida bolaga immunitetni saqlashga va organizmning qarshiligini oshirishga yordam berish mumkin. Vitamin C ga boy meva va sabzavotlarga apelsin, limon, greypfrut, shuningdek ananas, kivi, bolgar qalampiri, qulupnay, pomidor, brokkoli, Bryussel karami va boshqalar kiradi.

 

Afsuski, parhez yordamida har doim ham vitamin C ning kunlik ehtiyojini ta’minlab bo’lmaydi. Solgar kompaniyasining Kangavites vitamin C 100 mg apelsin ta’mli mahsulotini qo’shimcha qabul qilish eng to’g’ri yechim bo’ladi.

 

Mahsulot sintetik konservantlar, bo’yoqlar va potensial allergenlarni qo’shmasdan faqat ehtiyotkorlik bilan tanlangan tabiiy ingrediyentlardan tayyorlanadi. Kangavites vitamin C 100 mg immunitet kuchini, chidamliligini oshirishga qaratilgan va bolaning optimal rivojlanishini qo’llab quvvatlaydi. Ovqat hazm qilish tizimiga ta’sir qiladi: ovqat hazm qilish fermentlarini ishlab chiqarishni faollashtirib, temirning so’rilishiga yordam beradi.

 

O’SISH VA UYG’UN RIVOJLANISH UCHUN MULTIVITAMINLAR

 

Intensiv o’sish va rivojlanishni qo’llab-quvvatlashda bolaning organizmi vitaminlar va minerallarning kunlik fiziologik zaxiralarini to’ldirishga muhtoj, bu esa asab, yurak-qon tomir tizimlari, tayanch-harakat tizimi va ko’rish organlarining normal ishlashiga yordam beradi, shuningdek umumiy kayfiyatni yaxshilaydi.

 

Solgar Kangavites tropik mevalar ta’mli multivitaminlar va minerallar Kompleks formulasi chaynaladigan tabletkalar shaklida bo’lib, eng yaxshi xom ashyo: brokkoli, qizil lavlagi, sabzi, o’rik, olma, qulupnay va na’matak ekstraktlaridan foydalangan holda ilmiy yondashuv tufayli ishlab chiqilgan.

 

Kompleks vitaminlar va minerallarga bo’lgan kunlik fiziologik ehtiyojni ta’minlaydi. Mahsulot tarkibi vitamin C, folat kislota, biotin, kalsiy, magniyga boy bo’lib, ular bolaning tayanch-harakat tizimi, ko’rish organlari va ovqat hazm qilish tizimini shakllantirishga qaratilgan. Immun tizimini kuchaytirish, nafas olish va oshqozon-ichak kasalliklarini kamaytirish uchun Kangavites multivitamin va minerallar kompleksiga selen, xrom va soya lesitini kiritilgan.

 

OMEGA-3 YOG’ KISLOTALARI DIQQATNI JAMLASH VA XATTI-HARAKATLARNI KORREKSIYA QILISH UCHUN

 

Omega-3 ning asosiy manbai sifatida bolalar ratsionida yog’li baliqlar albatta bo’lishi kerak. Yovvoyi muhitda yetishtirilgan sifatli va yangi baliqlarni tanlash muhimdir. Solgar kompaniyasi optimal DGK va EPK tarkibiga ega bo’lgan Solgar tilla baliqchalari mahsulotini ishlab chiqarish uchun Omega-3 ning sifatli manbai sifatida haqli ravishda tan olingan aslzotli zotli chuqur dengiz yovvoyi baliqlarining bel qismidan foydalanadi.

 

Zamonaviy tozalash usuli — molekulyar distillash tufayli mahsulot yuqori xavfsizlik profiliga ega, antioksidant va achchiqlanishdan himoya sifatida tabiiy vitamin E qo’shiladi. Solgar tilla baliqchalari mahsuloti DGK va EPK tarkibi bo’yicha standartlashtirilgan. Bu miya va yurak-qon tomir tizimining faoliyati uchun javobgar bo’lgan kislotalardir. Dokozageksan kislotasi (DGK) – bosh miya va ko’rish organlari fosfolipidlarini asosiy komponenti bo‘lib, hujayra membranalarining qurilish materiali hisoblanadi. Miya hujayralarida DGK ning optimal miqdori konsentrasiyani oshirishga va bolaning xatti-harakatlarini yaxshilashga yordam beradi.

 

Chaynalgan tilla baliqchalar yoqimli ta’mga ega bo’lib, shakar, tuz, kraxmal, xamirturush, kleykovina, sut komponentlari va sintetik qo’shimchalarni o’z ichiga olmaydi, og’izda baliq ta’mini qoldirmaydi. 90 ta kapsuladan iborat shakldagi mahsulot uzoq vaqt davomida qulay va yengillik bilan qabul qilish imkonini beradi.

 

BOLALAR UCHUN ENG YAXSHISI

 

Bolalar — bizning merosimiz. Balansli ovqatlanish va zarur nutriyentlarni qo’shimcha iste’mol qilish to’liq o’sish uchun muhim tarkibiy qism hisoblanadi. Bolalar uchun yuqori sifatli mahsulotlarni tanlash orqali biz ularning sog’lom, kuchli va muvaffaqiyatli o’sishiga yordam bera olamiz.

 

Solgar 75 yil davomida tabiiy xom ashyolardan foydalangan va butun dunyo bo’ylab odamlar uchun ajoyib farovonlik keltiradigan yuqori sifatli nutriyentlarini ishlab chiqarishda ilmiy yondashuvga e’tibor qaratgan.