SOCH, TERI VA TIRNOQLAR UCHUN 9 XIL ENG ZO’R MAHSULOTLAR

6 daqiqalik o'qish

«Go’zallik – bu ichki dunyo aksi» deya bejiz aytmaganlar. Vujudingizga kiradigan har bir narsa muhim rol o’ynaydi va sochlarimiz, terimiz va tirnoqlarimizning sog’lig’iga sezilarli ta’sir ko’rsatishi mumkin!

 

Terini parvarish qilish losonlari, soch va tirnoqlarni parvarish qilish vositalarining samaradorligini e’tibordan chetda qoldirmaslik lozim, ammo ovqatlanish go’zallik va salomatlikni saqlashning asosiy omillaridan biridir.

 

Sehrli tarzda akne yo’q qiladigan hech qanday mahsulot bo’lmasa-da, to’g’ri ovqatlanish ko’pincha hal qiluvchi omil hisoblanadi.

 

Xo’sh, sochlaringiz, teringiz va tirnoqlaringiz sog’lom bo’lishi uchun oziq-ovqat ro’yxatiga nimalarni kiritishingiz kerak? Quyida biz eng yaxshi mahsulotlarni to’pladik!

 

Sizning ovqatlanishingiz aknega ta’sir qiladimi?

 

Ko’pchiligimiz, ehtimol, bolaligimizdan yog’li ovqatlar va shirinliklardan voz kechish kerakligi haqida o’rgatilgan, chunki ular akne paydo bo’lishining taniqli sababi deya hisoblangan. Kattalardagi akne rivojlanishiga ovqatlanishning ta’sirini isbotlovchi tadqiqot mavjud. Xususan, tadqiqotlardan biri akne hamda yuqori yog’li va shakarli ovqatlarni iste’mol qilish o’rtasida kuchli bog’liqlik borligini aniqladi.

 

Parhez teri salomatligining omillaridan biridir, ammo bu akne paydo bo’lishining yagona sababi ham emas. Gormonal o’zgarishlar, teridagi yog’ning ko’pligi, ba’zi dorilar, genetika, atrof-muhit va stress – bularning barchasi akne rivojlanishiga ta’sir ko’rsatadi.

 

Bu omillarning aksariyati bizning nazoratimizdan tashqarida bo’lsa-da, biz iste’mol qiladigan oziq-ovqatlarni nazorat qilishimiz mumkin.

 

Keling, sog’lom soch, teri va tirnoqlar uchun zarur bo’lgan oziq-ovqatlarni ko’rib chiqaylik!

 

Yorqin teri uchun eng yaxshi mahsulotlar

 

1. Omega-3 uchun yog’li baliq

 

Yog’li baliqlar, masalan, losos, makrel va seld baliqlari teri salomatligida muhim rol o’ynaydigan omega-3 yog’ kislotalariga boy. Yog’li baliq, shuningdek, quyoshdan himoya qiluvchi antioksidant bo’lgan E vitaminining boy manbaidir, ammo har kuni quyoshdan himoya qiluvchi kremlardan foydalanishni unutmang!

 

Sardinalar teringiz uchun foydalimi?

 

Ha! Sardinalar yog’li baliqlar toifasiga kirib, inson tanasi va terisini muhim omega-3 yog’ kislotalari bilan ta’minlaydi.

 

Omega-3 ozuqaviy qo’shimchasi

 

Solgar Omega 3-6-9 1300 mg yurak, bo’g’imlar va terining salomatligini qo’llab-quvvatlaydi. Ushbu gelli kapsulalarida EPK va DGK Omega-3 yog’ kislotalaridan tashqari uchta yuqori sifatli yog’ aralashmasi mavjud: baliq yog’i, zig’ir moyi va boraj yog’i.

 

2. Avakado

 

Bu mazali yashil meva nafaqat tostni to’ldirish uchun, balki teringiz uchun ham foydalidir! Avakado E va C vitaminlarining boy manbai hisoblanadi, ikkalasi ham ajoyib antioksidant bo’lib, kollagen ishlab chiqarish va terining sog’lig’iga hissa qo’shadi. Avakado tarkibidagi sog’lom yog’lar terining silliq va sog’lom ko’rinishiga yordam beradi.

 

Ozuqaviy qo’shimcha E vitamini

 

E vitamini tabiiy ravishda avakado kabi oziq-ovqat mahsulotlarida mavjud. Ammo agar siz uni qo’shimcha sifatida qabul qilishingiz kerak bo’lsa, Solgardan E vitamini 100 ME gelli kapsulalari siz uchun juda mos keladi. E vitamini hujayralarning erta qarishini keltirib chiqaradigan erkin radikallar bilan kurashishga yordam beradigan muhim antioksidantdir.

 

3. Qizil yoki sariq bulg’or qalampiri

 

Qizil va sariq bulg’or qalampiri organizmda A va C vitaminlariga aylanadigan antioksidant beta-karotinning ajoyib manbaidir. Beta-karotin terini ultrabinafsha nurlanishidan himoya qilishga yordam beradi, vitamin C esa terining tuzilishi va elastikligini saqlaydigan protein bo’lgan kollagen ishlab chiqarishda muhim rol o’ynaydi. Bir tadqiqot shuni ko’rsatdiki, ko’p miqdorda C vitamini iste’mol qilgan ayollar qariganda kamroq ajinlar va quruq teriga duch kelisharkan.

 

Soch salomatligi uchun eng yaxshi proteinli mahsulotlar

 

4. Tuxum

 

Agar siz tuxumni yaxshi ko’rsangiz, omadingiz bor, chunki tuxum sochlar uchun juda foydali ozuqadir! Tuxum tarkibida protein, biotin, sink va selen kabi ko’plab foydali oziq moddalar mavjud. Soch follikulalari asosan oqsildan iborat bo’lganligi sababli, yetarlicha miqdordagi protein iste’moli sochlarning salomatligi va o’sishi uchun muhimdir. Aslida, soch to’kilishi past proteinli kunlik ovqatlanish ratsioniga bog’liq. Biotin, shuningdek, B7 vitamini sifatida ham tanilgan, keratin ishlab chiqarishdagi roli uchun yana bir muhim ozuqa moddasi – soch, tirnoq va terining yuqori qatlamini hosil qiluvchi oqsil hujayrasiga kiradi!

 

5. Fasol

 

Qizil fasol, qora fasol yoki oq fasolni afzal ko’rasizmi, muhim emas, bu ko’p qirrali o’simlik oqsil manbai sinkning yaxshi manbai bo’lib, soch follikulalari atrofidagi yog’ bezlarini qo’llab-quvvatlash orqali soch o’sishiga yordam beradi. Shu sababli, ushbu mikroelementga organizmida tanqisligi bo’lgan insonlarda ko’p miqdorda sink qabul qilish soch o’sishini rag’batlantirishi mumkin. Fasol shuningdek, temir va biotin kabi ozuqa moddalarining ajoyib manbai bo’lib, ular soch, teri va tirnoqlarning sog’lig’ida muhim rol o’ynaydi.

 

Eng yaxshi sink ozuqaviy qo’shimchasi

 

Solgardan Earth Source® fermentlangan koji asosidagi temir ruxni fermentlangan Koji muhitiga kiritish orqali olinib, yuqori biologik mavjudlikka ega.

 

6. Qizil go’sht

 

Qizil go’sht (mol go’shti, qo’zichoq, cho’chqa go’shti) temirning boy manbai, xususan, tanamiz tomonidan oson so’riluvchi gamma-temirdir. Temir muhim mikroelementdir, chunki u qizil qon hujayralariga kislorod yetkazib berishga, hujayralar o’sishi va tiklanishiga yordam beradi, shu jumladan sochlarga ham!

 

Temir qo’shimchasi

 

Agar sizga temir darajasini saqlab qolish uchun yordam kerak bo’lsa, temir bilan ozuqa qo’shimchasini qabul qilish yordam berishi mumkin, masalan, Earth Source® fermentlangan koji asosidagi temir. U klinik jihatdan sinovdan o’tkazilgan bo’lib, oshqozonga yumshoq ta’sir etadi hamda hazm qilish oson. Bu vegetarianlar uchun mos keladigan temirning oziq-ovqat manbai hisoblanadi!

 

Eng yaxshi tirnoq sog’lig’i uchun mahsulotlar

 

7. Sitrus mevalar va rezavorlar

 

Tirnoqlar, teri kabi, kollagen ishlab chiqarish uchun C vitaminiga muhtoj. Shuning uchun, sitrus mevalari yoki rezavorlar bilan ovqatlanish kuchli va sog’lom tirnoqlarni saqlashlikda yordam beradi. Mevalar antioksidantlarga ham boy, bu tanani tirnoq plastinkasiga potensial zarar yetkazuvchi erkin radikallardan himoya qilishning asosiy vositasi hisoblanadi.

 

8. Bodom

 

Bu kichik, ammo juda sog’lom daraxt yong’oqlari E vitamini, magniy, oqsil, sink va Omega yog’ kislotalari kabi tirnoqlarga foydali ozuqa moddalarini o’z ichiga oladi! Tirnoqlarda hujayra o’sishi tez bo’lganligi sababli, yetarlicha sink olish tirnoqlarning sog’lom o’sishini ta’minlash uchun juda muhimdir.

 

Sog’lom teri, tirnoq va sochlar uchun eng yaxshi qo’shimchalar

 

Solgar® Kollagen Gialuron kislotasi majmuasi bilan sog’lom va yosh teriga «salom» deng! Faqat 12 hafta ichida u teridagi kollagen miqdorini oshirib, elastik ko’rinishida va ajinlarni tekislashga yordam beradi.

 

Tabiiy go’zalligingizni saqlab qolish uchun:

 

Solgar® Teri, Tirnoqlar va Sochlar tabiiy go’zallikni ichkaridan saqlab qolishga yordam beradi…

 

Qabul qilish oson bo’lgan ikkita tabletka quyidagilarni saqlashda yordam beradi:

  • Yoshlik, terining elastikligi, mimika va yoshdagi ajinlarni silliqlaydi;
  • Yorqin sochlar;
  • Sog’lom tirnoqlar.

 

Ichkaridan chiquvchi go’zallikni birinchi o’ringa qo’ying

 

Soch, teri va tirnoqlarga g’amxo’rlik qilish tashqi ko’rinishingizga g’amxo’rlik qilishdan ko’ra ko’prog’ini anglatadi. Agar siz o’zingizning tashqi ko’rinishingizga ichkaridan g’amxo’rlik qilsangiz, bu sizning tanangizning umumiy holatini ishonchliroq nazorat bilan boshqarishga yordam beradi. To’g’ri ovqatlanish va to’g’ri qo’shimchalarni qabul qilish tanani vitaminlar va minerallar bilan ta’minlaydi, sochlar, terilar va tirnoqlarning sog’lig’ini bardavom saqlaydi.