OLTIN STANDART DUNYO ISHLAB CHIQARISHI SOLGAR FALSAFASI TARIXIMIZ Kontakt ma’lumotlari

SIFAT HAR DOIM SOLGAR KOMPANIYASI UCHUN YETAKCHI YO‘NALISH BO‘LGAN.

Ozuqaviy qo‘shimchalar sanoatidagi nuqsonsiz majmuaviy sifat nazorati qurilmalari tufayli sifat kafolat ostida bo‘ladi.
Faqat tekshirilgan eng yaxshi ta’minotchilar tomonidan yetkazib beriluvchi yuqori sifatli xom-ashyo SOLGAR laboratiyasiga tushganida takroriy nazoratdan o‘tkaziladi.
Toki sifat nazorati natijalari olinmas ekan, xom-ashyodan ishlab chiqarishda foydalanishga ruxsat berilmaydi.

Xom-ashyo sifati, uning tozaligini nazorat qilish uchun seriyali ishlab chiqarishga tushishidan oldin u to‘liq spektral, mikrobiologik va kimyoviy tahlildan o‘tkaziladi, bunda yuqori darajada samarali suyuqlikli xromotografiya usulidan foydalaniladi.
 
Xom-ashyo o‘rnatilgan sifat mezonlariga mos kelgan hollarda u keyingi ishlab chiqarish bosqichiga uzatiladi, xom-ashyo sifatining mezonlarga mos kelmasligi aniqlangan hollarda u ishlab chiqarish bosqichiga o‘tkazilmaydi va orqaga qaytarib yuboriladi.

Sifatli mahsulotlar ishlab chiqarish ulkan moliyaviy va vaqt resurslarini kiritishni talab qiladi. SOLGAR iste’molchini qanoatlantirishning yagona yo‘li mahsulotlar sifati ekanligini biladi.

Xom-ashyoni tanlashdan boshlab tayyor mahsulotlarning vitrinalarda paydo bo‘lishigacha bo‘lgan SOLGAR mahsulotlari o‘tadigan har bir bosqich mukammallikning oltin standartiga mos kelishi kerak.

Natijada SOLGAR ishlab chiqarish jarayoni 12 haftaga teng bo‘lgan maksimal darajadagi davomiylikka yetadi, bu esa ozuqaviy qo‘shimchalar sanoatidagi eng uzun ishlab chiqarish jarayoni bo‘lib hisoblanadi.